Янгиликлар
Oʻz diniy e'tiqodimdan kelib chiqib, oʻgʻlimni diniy talim olishi uchun Fiqh ilmi sohasida bilimga ega boʻlgan domlaga shogirdlikga bersam boʻladimi?
Oʻz diniy e'tiqodimdan kelib chiqib, oʻgʻlimni diniy talim olishi uchun Fiqh ilmi sohasida bilimga ega boʻlgan domlaga shogirdlikga bersam boʻladimi?
Javob: Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi №1035 Qonunida quyidagilar belgilab qoʻyilgan:
Keyingi yillarda Mamlakatimizda bolaning bilim olish huquqi kafolatlarini mustahkamlash, talimg oid xizmatlarning xalqaro standartlar asosida koʻrsatilishini tashkil etish, bolalarning ma'naviy va jismoniy jixatdan kamol topishiga koʻmaklashish boʻyicha bir qator tadbirlar amlga oshirilmoqda.Bolalarning umumiy oʻrta, oʻrta mxsus ta'lim yoki boshlangʻich professional ta'lim olishini taminlashda.ularning intelektual, ma'naviy va jismoniy jixatdan kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratishda ota onalarning oʻrni katta axamiyatga ega.Ularning -bolalarni oʻqitishga doir majburiyatlarini bajarish borasidagi ma'suliyatini kuchaytirish, shuningdek bolaning bilim olish huquqi kafolatlarini ta'minlash maqsadida Mamuriy javobgarlik Kodeksiga xamda “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ iga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolasini shaxsiy e'tiqodlariga muvofiq diniy va ahloqiy jixatdan tarbiyalash huquqiga ega. Ular tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta'lim olishga jalb etishga,yani bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki lisenziyaga ega boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta'limni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy ta'lim olish uchun topshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov