Янгиликлар
Yashash joyidan olis viloyatda mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast etkazganlik boʻyicha zararni undirish uchun Ish beruvchi va korxona joylashgan joyga murojaat qilish shartmi?
Yashash joyidan olis viloyatda mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast etkazganlik boʻyicha zararni undirish uchun Ish beruvchi va korxona joylashgan joyga murojaat qilish shartmi?
Javob: Da'vogar mayib boʻlganlik yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast etkazganlik yoxud boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi da'volarni oʻzi yashab turgan joyda ham taqdim etishi mumkin. Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga etkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi da'volar zarar etkazilgan joyda ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Da'vo bir necha javobgarlarga nisbatan berilib, ular turli joylarda yashashsa yoki turishsa, ularga nisbatan da'vo da'vogarning tanlashi boʻyicha javobgarlardan biri yashaydigan yoki turgan joydagi sudga berilishi mumkinligi ham qonunda oʻz aksini topgan.
Ishga tiklash haqidagi ish boʻyicha javobgar-ish beruvchi tomonidan qarshi talablar qoʻyilsa, masalan, bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ishonch yoʻqolishi tufayli ish beruvchi tomonidan bekor qilishning qonuniyligi yuzasidan yuritilayotgan ish boʻyicha ish beruvchi xodimga ishonchsizlikni bildirishga asos boʻlib xizmat qilgan oʻsha moddiy zararni undirish haqida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilsa va sud uni qarshi da'vo sifatida qabul qilsa, mazkur da'voning sudlovga taalluqliligi birlamchi da'voning sudlovga taalluqliligi bilan belgilanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov