Янгиликлар
Hududiy sudlovga taalluqlilik terminini tushintirib bering?
Hududiy sudlovga taalluqlilik terminini tushintirib bering?
Javob: Hududiy sudlovga taalluqlilik umumiy qoidalarga koʻra belgilanadi. Ishga tiklash boʻyicha da'vo arizalari javobgar — yuridik shaxs joylashgan manzil boʻyicha beriladi, bunda yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joy uning joylashgan manzili deb belgilanadi, qonun yoki ta'sis hujjat larida koʻrsatilgan boshqa holatlar bundan mustasno.
Agar ishga tiklash boʻyicha da'vo arizasida ish beruvchi — javobgar sifatida jismoniy shaxs koʻrsatilgan boʻlsa, da'vo arizasi jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha beriladi. FPK normalari bilan belgilangan mehnatga doir huquqlarni tiklashga oid da'volarning sudlovga taalluqliligining muqobil shakli, jumladan da'vogarning yashash joyi boʻyicha taalluqlilik, ishga tiklash ishlariga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin, agarda bunda mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish natijasida bekor qilingan boʻlsa. Shu bilan bir vaqtda, agar da'vogar u bilan mehnat shartnomasini tuzgan tashkilot filialidan ishdan boʻshatilgan boʻlsa, unda da'vogar ishga tiklash toʻgʻrisidagi talabini koʻrib chiqish joyini oʻzi tanlash huquqiga ega boʻladi. Bu holatda xodim da'voni ish beruvchi — yuridik shaxsga nisbatan uning filiali joylashgan manzildagi sudga berishi ham mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov