Янгиликлар
Turmush oʻrtogʻimni nohaqdan ishdan boʻshatishmoqchi.Shu masalada menga MNK-Mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish huquqim boʻyicha tushuncha bersangiz?
Turmush oʻrtogʻimni nohaqdan ishdan boʻshatishmoqchi.Shu masalada menga MNK-Mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish huquqim boʻyicha tushuncha bersangiz?
Javob: MKning 270-moddasida sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga (keyinda MNK deb yuritiladi) murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
• ishga tiklash nizolari boʻyicha— xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy; • xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararni toʻlash haqidagi nizolar boʻyicha — zarar etkazilganligi ish beruvchiga ma'lum boʻlgan kundan boshlab bir yil;
• boshqa mehnat nizolari boʻyicha — xodim oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki MNK tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Xodimning sogʻligʻiga etkazilgan zararni qoplashga doir nizolar boʻyicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov