Янгиликлар
Sud xarajatlaridan ozod qilish mohiyati yuzasidan tushuncha bersangiz?
Sud xarajatlaridan ozod qilish mohiyati yuzasidan tushuncha bersangiz?
Yakka mehnat nizolarini sudda koʻrib chiqishning prosessual xususiyat lari MK va Fuqarolik prosessual kodeksi (keyinda FPK deb yuritiladi) normalari bilan belgilanadi. MKning 277-moddasi va Soliq kodeksining 329-moddalariga asosan, xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab lar boʻyicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladilar. Ushbu qoida sudda ishlarni koʻrishning barcha hollariga, shu jumladan, sudga bevosita murojaat qilish, MNK qarori ustidan sudga shikoyat berish yoki yakka mehnat nizosini sudga koʻchirishga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, nazarda tutish kerakki, davlat bojini toʻlashdan faqatgina da'vogar ozod etiladi, da'vo qanoatlantirilgan taqdirda 13 1-bob. sud davlat foydasiga javobgardan davlat daromadiga davlat bojini undiradi. Bundan tashqari, xodimlar ishni koʻrish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashdan ozod etiladilar. FPKning 109-moddasiga muvofiq, ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; joyga borib koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar kiradi. FPKning 114-moddasiga muvofiq, hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun toʻlashga ketgan xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi. Agar hal qiluv qaroriga binoan haqli boʻlib chiqqan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam koʻrsatgan boʻlsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hay'ati, firmasi) foydasiga undiriladi. Bundan tashqari, hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa-da, ish boʻyicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan boʻlsa, FPKning 114-moddada koʻrsatilgan summalar javobgardan da'vogarga talablarning sud qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa, da'vogardan u arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. Agar xodimning talablari sudning hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilsa, xodim advokat (vakil)ning xizmatlariga ketgan xarajatlarini qoplashni ham talab qilishi mumkin. Bunda ushbu xarajatlar ularning hisob-kitobi, huquqiy yordam koʻrsatish shartnomasi, xizmat toʻlovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov