Янгиликлар
Ish beruvchining notoʻgʻri xarakati natijasida mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar yuzasidan undiriladigan haq summasini qaysi organ belgilaydi?
Ish beruvchining notoʻgʻri xarakati natijasida mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar yuzasidan undiriladigan haq summasini qaysi organ belgilaydi?
Javob:Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi.
Ushbu summani undirish bilan bogʻliq biron bir aniq qoida belgilanmaganligi bois sud uning miqdorini har bir ishning holatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. MKda belgilanishicha, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa shartnomalari, kelishuvlari, lokal hujjatlarni qoʻllanish xususidagi jamoalarga doir mehnat nizolari sud tartibida koʻrib chiqilishi lozim. Bunday nizolar taraflardan birining arizasi asosida koʻrib chiqiladi. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish uchun alohida muddatlar belgilangan.
Umumiy qoidaga muvofiq fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
Mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast etkazganlik, shuningdek, boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar, basharti taraflar bir tuman yoki shaharda joylashgan boʻlsa, birinchi instansiya sudi tomonidan sudda koʻrishga tayyorlab boʻlingan kundan e'tiboran oʻn kundan kechiktirmay, boshqa hollarda esa, yigirma kundan kechiktirmay koʻrilishi lozim.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov