Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qonunlarimizda 18 yoshga toʻlmagan shaxs ish beruvchi deb hisoblanishi xolatlari belgilanganmi?


Qonunlarimizda 18 yoshga toʻlmagan shaxs ish beruvchi deb hisoblanishi xolatlari belgilanganmi?

Javob:Fuqarolik qonunchiligi jismoniy shaxsni 18 yoshga etmagan holda ham ish beruvchi sifatida e'tirof etish hollarini belgilaydi.

Bu narsa shu bilan bogʻliqki, qonunda ba'zi hollarda shaxs 18 yoshga etgunga qadar nikohdan oʻtishga yoʻl qoʻyiladi va ushbu yoshga etmagan fuqaro FKning 22-moddasiga koʻra nikohdan oʻtgan vaqtdan e'tiboran toʻla hajmda muomala layoqatiga ega boʻladi.

Binobarin, 18 yoshga etgunga qadar nikohdan oʻtgan jismoniy shaxslar 18 yoshga toʻlmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham erishilgan muomala layoqatini toʻla saqlab, ish beruvchi boʻla oladi.

Mehnat munosabatlariga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlar barcha xodimlar va mulkchilik hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha ish beruvchilarga (yuridik va jismoniy shaxslarga) nisbatan agar ular oʻrtasida mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlsa, qoʻllaniladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                    

Nizomiddin Tursunov