Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet ellik investor ochgan korxonaga svaroʻik sifatida ishga kirmoqchiman. Mazkur korxonada ishlagan davrim ish stajiga qoʻshiladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet ellik investor ochgan korxonaga svaroʻik sifatida ishga kirmoqchiman. Mazkur korxonada ishlagan davrim ish stajiga qoʻshiladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga koʻra, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllaniladi. Ushbu qoida ham chet el fuqarolariga, ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qoʻllaniladi.
Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatga oid munosabatlari maxsus normalar bilan tartibga solinishi mumkin. Masalan, “Oʻzbekiston Respublikasida akkreditasiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maqomi haqida” Vaqtinchalik nizom qabul qilingan. Ushbu nizom diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxona larda ma'muriy-texnik xodimlar sifatida ishlovchi Oʻzbekiston Respub likasi fuqarolarining maqomini belgilaydi. Chet el vakolatxonalarida diplomatik lavozimlarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari “Diplomatik aloqalar haqida”gi 1961 yil Vena Konvensiyasi va “Konsullik aloqalari haqida”gi 1963 yil Vena Konvensiyasiga muvofiq imtiyozlar va daxlsizlik (immunitet)lardan foydalanadilar. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vakolatxonaning diplomatik, ma'muriy-texnik xodimlari tarkibiga akkreditasiya qilinayotgan davlatning roziligi bilan qabul qilingan kundan boshlab chet el vakolatxonasi xodimi maqomini oladilar. Diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga ishga rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi zimmasiga yuklatiladi. Ma'muriy-texnik, xizmat koʻrsatuvchi xodim yoki uy xizmatchisi sifatida ishga qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asosida shartnoma bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el vakolatxonalariga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi amaldagi qonunchiligiga zid boʻlmagan mehnat munosabatlarining oʻzaro ma'qullangan shartlari oldindan kelishilgan, ma'lum muddatga xodim va chet el vakolatxonasining boshligʻi oʻrtasida tuzilgan yozma ravishdagi mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan rasmiylashtiriladi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov