Янгиликлар
Yuridik shaxs maqomi yuzasidan tushuncha bersangiz?
Yuridik shaxs maqomi yuzasidan tushuncha bersangiz?
Javob:Tashkilot ish beruvchi sifatida harakat qilishi uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi lozim, ya'ni oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlishi hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob berishi, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishi va ularni amalga oshira olishi, majburiyatlarni bajara olishi, sudda da'vogar va javobgar boʻlishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtishi lozim. Yuridik shaxsning huquqiy maqomi uning ustavi yoki ustav va ta'sis shartnomasi bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida qoida tariqasida yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qoʻyiladi, bu esa ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin boʻlgan xodimlarning kasb-malakaviy tarkibini aniqlashda muhim rol oʻynaydi.
MK ish beruvchilar sifatida yuridik shaxslarni koʻzda tutgani uchun, uning filial va vakolatxonalari ish beruvchi boʻla olmaydilar, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular oʻzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta'minlanadilar 18 Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi. Shuni ta'kidlab oʻtish lozimki, MK 82-moddasi 2-qismining mazmuniga binoan, ish beruvchi — yuridik shaxsning mehnat munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari ushbu yuridik shaxsning (tashkilotning) boshqaruv organlari tomonidan yoxud ta'sis hujjatlari va lokal normativ hujjatlar bilan boshqarish vakolati berilgan vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday hollarda, filial, vakolatxona rahbarida ishga qabul qilish va ozod etish huquqini beruvchi ishonchnoma boʻlsa-da, u ish beruvchi deb hisoblanmaydi. Filial, vakolatxona xodimlariga nisbatan ish beruvchi sifatida yuridik shaxs chiqadi va uning nomidan mehnat shartnomasini tuzish va uni bekor qilish vakolatini amalga oshiradigan filial va vakolatxona rahbari harakat qiladi. Agar vakolatxona, filial rahbari mehnat shartnomasi tuzishga vakolatli boʻlmasa, vakolatxona, filial xodimi bilan boʻlgan mehnat munosabatlari yuridik shaxsning oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida vujudga keladi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov