Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Shu yil Toshkent Moliya oliygohini bitirdim va shaxrimizdagi Iqtisodiyot va Moliya boʻlimiga ishga kirmoqchiman.Shu tashkilotda otam raxbar boʻlib ishlaydi, men shu joyga buxgalter lavozimiga ishga kirishim mumkinmi?


Shu yil Toshkent Moliya oliygohini bitirdim va shaxrimizdagi Iqtisodiyot va Moliya boʻlimiga ishga kirmoqchiman.Shu tashkilotda otam raxbar boʻlib ishlaydi, men shu joyga buxgalter lavozimiga ishga kirishim mumkinmi?

MKning 79-moddasi bilan qarindosh-urugʻlarning davlat korxonasida birga xizmat qilishlari cheklangan, shu munosabat bilan, oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. Qarindosh-urugʻlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat korxona lari xodimlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                    

Nizomiddin Tursunov