Янгиликлар
Ish vaqtining muddati va taraflar kelishuvi asosida belgilanadigan shartlar tushunchasiga ta'rif bersangiz?
Ish vaqtining muddati va taraflar kelishuvi asosida belgilanadigan shartlar tushunchasiga ta'rif bersangiz?
Javob:Tashkilotning jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, tashkilotning boshqa lokal hujjatlari bilan belgilangan umumiy majburiy shartlar;
• mehnat shartnomasida taraflar kelishuvi bilan belgilanadigan shartlar. Ularning birinchisiga quyidagilar kiradi:
Barcha xodimlar uchun ish vaqtining eng koʻp muddati (haftasiga 40 soatdan oshmaydigan) hamda voyaga etmaganlar, I va II guruh nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati; yillik asosiy ta'tilning eng kam muddati (21 kalendar kunidan kam boʻlmagan), qoʻshimcha mehnat ta'tillari, ta'tillarni berish tartibi; mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmasligi hamda ularning toʻlanish muddatlariga amal qilinishi; majburiy kafolatli toʻlovlar va kompensasiya toʻlovlari; intizomiy jazolar hamda ularni berish va qoʻllash tartibi, shaxsni toʻliq moddiy javobgarlikka tortish asoslari turlari va roʻyxati; ayollar, voyaga etmaganlar, nogironlarga beriladigan majburiy qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar va boshqalar.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov