Янгиликлар
Yuridik faktni belgilash boʻyicha ishlarni sudda koʻrish tartibini tushuntiring.
Yuridik faktni belgilash boʻyicha ishlarni sudda koʻrish tartibini tushuntiring.
Javob: Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda belgilangan da'vo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan xususiyatlar e'tiborga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish ushbu Kodeksning 206-moddasida koʻrsatilgan manfaatdor shaxslarning arizalari asosida qoʻzgʻatiladi. Sudlarning e'tibori yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikka qat'iy amal qilishga, fuqarolarning va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlashni har taraflama ta'minlashga qaratilsin. Sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 295-moddasida nazarda tutilgan sud tartibida aniqlanadigan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlar roʻyxati tugal emasligini inobatga olishlari lozim. Sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham, agar bu qonun bilan boshqa organning vakolatiga berilmagan boʻlsa, aniqlashga haqli. Xususan, sud: 1968 yil 1 oktyabrgacha tugʻilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik, otalik va otalikni qayd qilish; ixtironi joriy etish, taklifni rasionalizator sifatida tavsiflash; binoga, payga, avtomobilga va boshqa maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan mulkka egalik qilish; sugʻurta guvohnomasining tegishliligi; fuqaroni yoki uning ota-onasining Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasiga evakuasiya qilinganligi faktlarini tasdiqlashi mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddi Tursunov