Янгиликлар
Sud harajatlarining turlari boʻyicha malumot bersangiz?
Sud harajatlarining turlari boʻyicha malumot bersangiz?
Javob: Sud (3) xarajatlarining turlari. Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq sud chiqimlaridan iborat boʻladi. 113-modda. Davlat boji. Davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, toʻlashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. 114-modda. Da'voning bahosi. Da'voning bahosi quyidagicha aniqlanadi: 1) pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi da'volar boʻyicha –undiriladigan summadan kelib chiqqan holda; 2) mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi da'volar boʻyicha — mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda; 3) ijro etish hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi da'volar boʻyicha — nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda; 4) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi da'volar boʻyicha — shu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda; 5) er uchastkasini talab qilib olish toʻgʻrisidagi da'volar boʻyicha — er uchastkasining belgilangan bahosi boʻyicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud boʻlmaganda esa bozor bahosiga koʻra. Da'voning bahosiga da'vo arizasida koʻrsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi. Bir nechta mustaqil talabdan iborat da'voning bahosi barcha talablarning summasi bilan aniqlanadi. Da'voning bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddi Tursunov