Янгиликлар
Sud chiqimlari terminini tushintiib bersngiz?
Sud chiqimlari terminini tushintiib bersngiz?
Javob: Sud chiqimlari. Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlardan, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iboratdir. Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va da'vo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim. Sud majlisini videkonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq sud xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undiriladi. 117-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni toʻlash. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, xona ijarasi boʻyicha xarajatlarning oʻrni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi. Guvohlar, tarjimonlar, mutaxassislar va ekspertlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summalar ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan toʻlanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov