Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Majburiyatlarni bajarmaganlik lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik yuzasidan kelib chiqqan nizolarni sudda koʻrish tartibini tariflab bersangiz?


Majburiyatlarni bajarmaganlik lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik yuzasidan kelib chiqqan nizolarni sudda koʻrish tartibini tariflab bersangiz?

Javob:Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), «Xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga qat'iy amal qilishlari lozim. Shartnomada jarima yoki penya shaklida belgilanadigan neustoyka taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullaridan biri hisoblanadi. Sudlar neustoykani undirish toʻgʻrisidagi da'volarni hal qilishda neustoyka miqdorining qonun talablariga muvofiq hisoblanganligi, uning asosliligi, majburiyat buzilishi oqibatlariga mutanosibligi kabi holatlarni har tomonlama va chuqur muhokama qilib, talab qilingan neustoykaning adolatli miqdorini belgilashlari shart. Agar shartnomada aynan bitta majburiyatning buzilishi uchun neustoykani ham jarima, ham penya koʻrinishida toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, sudlar shuni e'tiborga olishlari lozimki, qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, da'vogar faqatgina bir shakldagi neustoyka qoʻllashni talab qilishga haqli. Majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun penya, jarima yoki foizlarning hisoblanishi majburiyatni bajarish muddati tugagan kunning ertasidan, bunday muddat belgilanmagan hollarda esa, kreditor tomonidan majburiyatlarni bajarish talab qilingan kundan etti kunlik muddat oʻtishi bilan boshlanadi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti                           

Dildara Djurayeva