Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Korporativ nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish jarayonini tushintirib bersangiz?


Korporativ   nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish jarayonini tushintirib bersangiz?

Javob: Korporativ nizolar boʻyicha ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da'vo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. 213-modda. Korporativ nizo boʻyicha da'vo arizasiga doir talablar. Korporativ nizo boʻyicha da'vo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Korporativ nizo boʻyicha da'vo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan eri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma'lumotlar koʻrsatilgan hujjat ilova qilinadi. 214-modda. Korporativ nizolar boʻyicha da'voni ta'minlash choralari. Korporativ nizolar boʻyicha da'voni ta'minlash choralari ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻriladi.

 

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti                           

Dildara Djurayeva