Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ishlovchi pensionerni majburan ishdan boʻshatish mumkinmi?


Ishlovchi pensionerni majburan ishdan boʻshatish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 160-moddasiga koʻra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini oʻn toʻrt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Ayrim toifa hodimlarga oʻz tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qoʻyilgan.

Ya'ni mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu korxonadagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yoʻl qoʻyiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi bilan, majburlab yozdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bundan tashqari, MK 4-moddasiga koʻra, har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega. Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, pensioner xodimni pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan ishdan boʻshatib boʻlmaydi (Eski Kodeks boʻyicha boʻshatish mumkin edi).

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti                           

Dildara Djurayeva