Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ikkinchi va undan keyingi ish yili uchun yillik mehnat ta'tiliga ish yilining istalgan paytida chiqish mumkinmi?


Ikkinchi va undan    keyingi ish yili uchun yillik mehnat ta'tiliga ish yilining istalgan paytida chiqish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 228-moddasi (Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta'tilini berish tartibi) 4-qismiga koʻra, xodimning xohishiga koʻra har yilgi mehnat ta'tili unga qulay boʻlgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:

ayollarga — homiladorlik va tugʻish ta'tilidan oldin yoki undan keyin;

• bolani parvarishlash ta'tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu ta'tildan oldin yoki keyin;

• oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);

• I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;

• 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

• oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga;

• ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzining har yilgi mehnat ta'tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertasiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni xohlasa;

• «Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori» koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga;

• jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud boshqa ichki hujjatlarda belgilangan hollarda boshqa xodimlarga.

Moddaning 5-qismiga koʻra, ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat ta'tili ularning xohishiga koʻra xotinining homiladorlik va tugʻish ta'tili davrida beriladi.

Demak, yuqoridagi toifa xodimlar ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta'tilini oʻzlari uchun qulay vaqtda olishlari mumkin. Ya'ni bu toifa xodimlar ta'tilga ariza yozishsa ta'tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta'tillarini berish navbatidan oldin ham ta'tilga chiqishlari mumkin.

Yuqoridagi toifaga tushmagan hodimlarchi? MK 228-moddasi oxirgi qismiga koʻra, jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta'tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan oʻzgartirilishi mumkin.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti                           

Dildara Djurayeva