Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

«Xodim yoshga doir pensiya oladi. Keyingi vaqtlarda u juda koʻp kasal boʻlib, doimo «kasallik ta'tilini» oladigan boʻldi, bu esa ish natijalariga ta'sir koʻrsatmoqda. Uni pensioner sifatida ishdan boʻshatishga haqlimizmi? Uning oʻzi ishdan boʻshamoqchi


«Xodim yoshga doir  pensiya oladi. Keyingi vaqtlarda u juda koʻp kasal boʻlib,  doimo «kasallik ta'tilini» oladigan boʻldi, bu esa ish natijalariga ta'sir koʻrsatmoqda. Uni pensioner sifatida ishdan boʻshatishga haqlimizmi? Uning oʻzi ishdan boʻshamoqchi emas. Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan».

– Yoʻq, ish beruvchi xodim pensiya yoshiga etganligi sababli u bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas.

 Yangi MK bu pozisiyani ish beruvchining tashabbusiga koʻra ishdan boʻshatish uchun asoslar roʻyxatidan chiqarib tashladi . Ammo bu ish beruvchi ushbu xodim bilan mehnat shartnomasini boshqa asoslar boʻyicha bekor qila olmasligini anglatmaydi. 1-variant: tomonlarning kelishuviga koʻra

Agar xodim oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshashni istamasa, unga mehnat shartnomasini tomonlarning kelishuviga koʻra bekor qilishni taklif qilish mumkin  Bunday holda, agar ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlari yoʻl qoʻysa, xodim uchun qulay shartlarni (masalan, ishdan boʻshatish munosabati bilan ma'lum moddiy yordam) nazarda tutish mumkin boʻlgan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuziladi. Ammo, agar xodim bunga qarshi boʻlsa, ushbu asos boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilib boʻlmaydi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti
                           
Dildara Djurayeva