Янгиликлар
Ketma-ket 2 nafar farzandim tugʻilgani uchun «dekret»daman. Endi uchinchi farzandimga ham tugʻish ta'tili olmoqchi boʻlsam, menga ta'til puli beriladimi? Yoki oʻrtada 5-6 oy ishlab keyin tugʻish ta'tiliga chiqishim kerakmi?

Javob:Homiladorlik va tugʻish ta'tilini keyingisiga ulashda limit ya'ni cheklov yoʻq. 3-farzandingiz uchun ham ta'tilga chiqsangiz tugʻish nafaqasi toʻliq toʻlab beriladi.
«Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida»gi Yoʻriqnomaning 29-bandiga koʻra, bola ikki va uch yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta'til yoki ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha ta'tilda boʻlgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Dildara Djurayeva