Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ish stajiga nimalar kiradi?


Ish stajiga nimalar kiradi?

Javob:Pensiya tayinlashda rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan davrlar, yakka tartibdagi tadbirkor, oʻzini oʻzi band qilgan yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan davrlar ish stajiga hisoblanadi.

Pensiya jamgʻarmasining eslatishicha, ayollarda rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan va yakka tartibdagi tadbirkor, oʻzini oʻzi band yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida ijtimoiy soliq toʻlangan davrlari jami 20 yil boʻlganda 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish imtiyozi mavjud.

Bunda, yuqoridagi davrlar uchun kamida 7 yil ish stajiga ega boʻlganda fuqaroning harbiy xizmat, oliy oʻquv yurtidagi kunduzgi oʻqish hamda bola parvarishi uchun ta'tilda boʻlgan (har bir bola uchun 3 yil, jami 6 yilgacha) davrlar ham umumiy ish stajiga qoʻshiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti                           

Dildara Djurayeva