Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Xodim harbiy xizmatga chaqirildi. U kadrlar boʻlimiga bu haqdagi hujjatlarni taqdim etdi. Bunga javoban rahbar unga «oʻz xohishiga koʻra» ishdan boʻshash haqida ariza yozishni taklif qildi. Shunday qilish toʻgʻrimi?


Xodim harbiy xizmatga chaqirildi. U kadrlar boʻlimiga bu haqdagi hujjatlarni taqdim etdi. Bunga javoban rahbar unga «oʻz xohishiga koʻra» ishdan boʻshash haqida ariza yozishni taklif qildi. Shunday qilish toʻgʻrimi?

Javob:– Yoʻq, xodimni «oʻz xohishiga koʻra» ishdan boʻshash haqida ariza yozishga majburlash  – qonunga zid. Xodim shunday qilishga haqli, biroq majbur emas.

Bu holda taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holat – xodimning harbiy xizmatga chaqirilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanadi, bunda oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash nazarda tutiladi

Xodim harbiy xizmatga chaqirilgan boʻlsa, u mazkur holat yuzasidan hech qanday ariza yozishi kerak emas. Mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlimning chaqiruv qogʻozi asosida mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.

Xodim ta'tilga chiqishga ulgurgan boʻlsa, harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan ishdan boʻshatilayotganda ishlab berilmagan ta'til kunlari uchun undan «ta'til puli» ushlab qolinmaydi

Harbiy xizmatga chaqirilgan, lekin keyinchalik rezervga boʻshatilgan yoki iste'foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan kunidan boshlab 3 oydan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM   bosh yuriskonsulti                           

Dildara Djurayeva