Янгиликлар
Uy joy toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha tushintirish bersangiz?
Uy joy toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha tushintirish bersangiz?
Javob: Uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi masalalar boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi:
turar joylarga mulk huquqining yuzaga kelishi, oʻzgartirilishi va bekor qilinishi;
uy-joy fondidagi turar joylar va umumiy mulkdan foydalanish;
binolarni turar joylar va noturar joylar toifasiga kiritish;
uy-joy fondini hisobga olish;
turar joylarni saqlash va ta'mirlash;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish.
Uy-joy daxlsizdir. Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa maqsad, hamda sud tartibi va sud qaroriga asoslangan hollardan tashqari, hech kim qonuniy asoslarga koʻra ushbu uyda yashovchilarning roziligisiz ushbu uy-joyga kirishga haqli emas.
Qonuniy asoslarga koʻra ushbu uyda yashovchilarning roziligisiz uy-joyga kirishga, faqatgina fuqarolar hayoti va/yoki mol-mulkini asrab qolish, avariyaviy holatlar, tabiiy ofat, halokat, ommaviy tartibsizliklar va favqulodda xarakterdagi boshqa hollarda ularning shaxsiy xavfsizligi yoki jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, shuningdek jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslarni qoʻlga olish, sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish yoki sodir etilgan jinoyat yoki yuzaga kelgan baxtsiz hodisaning sabablarini aniqlash maqsadida qonunda koʻzda tutilgan holat va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hech kim uy-joydan koʻchirilishi yoki uning uy-joydan foydalanish huquqi, shuningdek kommunal xizmatlardan foydalanish huquqi cheklanishi mumkin emas, toki bu holat ushbu Kodeks, va boshqa qonunlar bilan nazarda tutilmagan boʻlsa.
Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fond.
Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yoʻnalishidagi oʻzga ehtiyojlarga moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi.
Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Dildara Djuraeva