Янгиликлар
Davlat uy-joy fondi boʻyicha tushintirish bersangiz?
Davlat uy-joy fondi boʻyicha tushintirish bersangiz?
Mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy byudjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munisipal uy-joy fondi;
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraviy uy-joy fondi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munisipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta'minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.
Fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Dildara Djuraeva