Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Yashab turgan xonadonimiz amakimning nomida, bir xovlida 2 ta oila yashaymiz.Men bu xonadonda tugʻilganimdan buyon doimiy propiskadaman, shu manzilga voyaga etmgan 2 nafar farzandlarimni doimiy roʻyxatga qoʻyishga mulk egasi amakim ruxsat bermayapti. Farz


Yashab turgan xonadonimiz amakimning nomida, bir xovlida 2 ta oila yashaymiz.Men bu xonadonda tugʻilganimdan buyon doimiy propiskadaman, shu manzilga voyaga etmgan 2 nafar farzandlarimni doimiy roʻyxatga qoʻyishga mulk egasi amakim ruxsat bermayapti. Farzandlarimni doimiy roʻyxatga(propiska) qoʻyishim mumkinmi?

Javob:Oʻzbekiston Respublikasi Uy joy kodeksining 32 moddasiga koʻra uy, kvartira mulkdorining oila azolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga xaqlidir.

Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlaring voyaga etmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga xaqlidirlar.

Oilaning boshqa azolarini esa uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin.

Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda xam, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                          

Dildara Djuraeva