Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ota-onamiz 3 yil oldin qonuniy nikoxdan ajrashgach, onam bilan men va 2 ta singlim onamning otasi (bobom) ni2 xonali uyiga koʻchib kelganmiz, doimiy propiskamiz otamning 6 xonali uyiga qonuniy rasmiylashtirilgan. Men va singillarim otam oʻz nomidagi uy


Ota-onamiz 3 yil oldin qonuniy nikoxdan ajrashgach, onam bilan men va 2 ta singlim onamning otasi (bobom) ni2 xonali uyiga koʻchib kelganmiz, doimiy propiskamiz otamning 6 xonali uyiga qonuniy rasmiylashtirilgan. Men va singillarim otam oʻz nomidagi uyda yashashimizga qarshilik qilmoqda.Shu masalani qonuniy yechimi qanday?

Javob:Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.

Turar joy mulkdorining oila a'zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a'zolari deb tan olinishi mumkin.

Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xoʻjalik yuritayotgan va uning turar joyida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsalar, uning oila a'zosi deb topilishlari mumkin. Mulkdorning voyaga etmagan oila a'zolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi boʻlmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin.

Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga etgan oila a'zolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki boʻlmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega boʻladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar. Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga etgan oila a'zolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga etmagan oila a'zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi.

Xususiylashtirilgan bir kvartira yoki uyda turar joy mulkdorlari yashay olmaydigan holda, sudning qaroriga binoan mulkdorlardan biri koʻchirilib, boshqasining zimmasiga kvartira yoki uyning tegishli qismi uchun koʻchirilgan mulkdorga sud ishni koʻrib chiqqan kundagi bozor bahosida pulini toʻlash yoki uning umumiy mulkdagi ulushiga mos keladigan boshqa turar joyni sotib olib berish majburiyati yuklanishi mumkin.

Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a'zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a'zosi oʻrtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

YUXKM     bosh yuriskonsulti                           

Dildora Djuraeva