Янгиликлар
Xodim Mitral qopqoqning funksional buzilishi bilan operativ davo o’tqazilganligi sababli II-guruh nogironligi 1 yil muddatga belgilangani, sog‘ligi holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga (egallab turgan vazifasiga) noloyiq bo‘lib qolganligi munosabati bilan
Xodim Mitral qopqoqning funksional buzilishi bilan operativ davo o’tqazilganligi sababli II-guruh nogironligi 1 yil muddatga belgilangani, sog‘ligi holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga (egallab turgan vazifasiga) noloyiq bo‘lib qolganligi munosabati bilan Mehnat Kodeksining 168-moddasi 1-qism, 5-bandiga asoslanib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Javob:Qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MK 168-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan bekor qilinadi. Bunday holatlarga: -xodimning belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga toʻliq qobiliyatsiz deb e'tirof etilganligi;
-davlat sirlaridan foydalanishi tugatilganligi, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanishni talab qilsa;
-muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki lisenziyadan mahrum etilganligi va boshqalar kiradi.
Mazkur xolatda esa xodimga II-guruh nogironligi 1 yil muddatga belgilangan, tibbiy xulosada mehnat faoliyatiga toʻliq qobiliyatsiz deb e'tirof etilmagan.
II-guruh nogironlik muddati tugagach, qaytadan TIEK dan oʻtib noironlik guruhi oʻzgarishi xam mumkin, xozirgi kunda mehnat faoliyatini davom ettirmoqda. Xodim bajarishi lozim boʻlgan ishni uddalashidan qat'i nazar, agar tibbiy xulosaga koʻra xodim ushbu ishni bajarishi toʻgʻri kelmasa yoki mehnat jamoasi a'zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tugʻdirsagina, mehnat shartnomasini sogʻligʻi holatiga koʻra bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, tibbiy xulosaga koʻra sogʻligʻining yomonlashuvi, shuningdek xodimga nogironlik berilishi, xodim bilan tuzilgn mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab boʻlib hisoblanmaydi.Mazkur xolatlar mehnat kodeksining 168 moddasi asosida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni mavjud emas.
Bekobod shahar Adliya bo`limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Behzod Toshpo`latov