Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qanday asoslarda uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi?


Qanday asoslarda uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi?

Javob:Uch yoshgacha bolasi bor ayol yoxud uch yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.

Bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishlash ta'tilida boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi etarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim ta'tildan chiqqan kundan e'tiboran bir yil ichida yoʻl qoʻyilmaydi.

Bekobod shahar Adliya bo`limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                                
Behzod Toshpo`latov