Янгиликлар
Farzandim 18 yoshga toʻldi, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar boʻyicha tushuncha bersangiz?
Farzandim 18 yoshga toʻldi, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar boʻyicha tushuncha bersangiz?
Javob: Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga «Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish oʻrinlari hisobidan zaxiradagi ish oʻrinlariga mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi.
Shu bilan birga-oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishlarda, er osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sogʻligʻiga, xavfsizligiga va ma'naviy jihatdan kamol topishiga ziyon etkazishi mumkin boʻlgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qoʻllash taqiqlanadi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ular uchun belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalardan ortiq boʻlgan ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarishi va tashishi taqiqlanadi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatining qoʻllanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga etmaganlarning sogʻligʻiga va ma'naviy jihatdan kamol topishiga ziyon etkazishi mumkin boʻlgan ishlar roʻyxati, shuningdek ularning ogʻir yuklarni koʻtarishi va tashishi chogʻida yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Bekobod shahar Adliya bo`limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Behzod Toshpo`latov