Янгиликлар
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning qanday mehnat huquqlari mavjud?
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning qanday mehnat huquqlari mavjud?
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqlarga ega boʻladi, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta'tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari sohasida esa ular uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanadi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik ular oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar har yili majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim.
Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan majburiy tibbiy koʻriklar ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bekobod shahar Adliya bo`limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Behzod Toshpo`latov