Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning dolzarbligi


Pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning dolzarbligi

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi ustuvor soha hisoblanadi. Shu bois, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar mehnatini tartibga solish bo‘yicha alohida yondashuv zarur. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 501-moddasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Unda pedagoglar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi o‘ziga xos normalar belgilangan.

Mazkur modda maktabgacha, umumiy o‘rta, maxsus ta’lim muassasalari, maktab-internatlar va bolalar bilan ishlovchi boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi pedagog xodimlar uchun sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tartibda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiyatini belgilaydi. Bu talab, eng avvalo, yosh avlod sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlashga, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishini kafolatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, pedagogik faoliyatni yuritish uchun shaxsda tegishli kasbiy ma’lumot, malaka, axloqiy fazilat va tarbiyaviy yondashuv bo‘lishi talab etiladi. Bu talablar o‘qituvchilik kasbining mas’uliyati, uning jamiyatdagi axloqiy rolini inobatga olgan holda belgilanadi. Bu orqali ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi.

Modda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ham belgilaydi. Kafedra mudiri, professor, dotsent, o‘qituvchi va assistent lavozimlariga nomzodlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tanlov yo‘li bilan tayinlanadi. Tanlov bo‘lib o‘tmaguncha, rahbarlik vakolatlari vaqtincha yetakchi o‘qituvchilar yoki dekanlarga yuklanishi mumkin.

Shunday qilib, 501-modda pedagog xodimlarning mehnat faoliyatini huquqiy jihatdan aniq va qat’iy asosda tartibga soladi. Bu esa nafaqat o‘qituvchining kasbiy sha’nini, balki ta’lim tizimining barqarorligini va ishonchliligini ham mustahkamlaydi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

rahbari: Ro‘ziyeva Sharofatxon