Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tibbiyot xodimlarining mehnatini tartibga soluvchi huquqiy kafolatlar


O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tibbiyot xodimlarining mehnatini tartibga soluvchi huquqiy kafolatlar

Tibbiyot sohasi — bu nafaqat murakkab va mas’uliyatli, balki ijtimoiy jihatdan eng dolzarb sohalardan biridir. Bu sohaga oid mehnat munosabatlarini umumiy mehnat qonunchiligi asosida emas, balki kasbning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib alohida tartibga solish zarur. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 502-moddasi ana shunday yondashuvni o‘zida mujassam etadi. Ushbu norma tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan maxsus tartibda tartibga solishga xizmat qiladi.

Avvalo, modda asosida tibbiyot xodimlari uchun umumiy mehnat vaqtiga nisbatan qisqartirilgan — haftasiga 36 soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqti belgilanadi. Bu ularning xizmat faoliyatida ruhiy, aqliy va jismoniy zo‘riqishlar doimiy ravishda mavjud bo‘lishini e’tiborga olgan holda belgilangan muhim norma sanaladi. Bu orqali sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ish unumdorligi va professional barqarorligi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi ayrim mutaxassislarga yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi ko‘zda tutilgan. Bu ularning ishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish bilan birga, salomatlikni tiklash, ruhiy hordiq chiqarish imkonini yaratadi. Ayniqsa, og‘ir va zo‘riqishli bo‘limlarda ishlovchi shifokor va hamshiralar uchun bu muhimdir.

Shuningdek, tibbiyot xodimlariga mehnatga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tarif stavkalari, razryadlar, ustamalar va boshqa to‘lovlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa rahbarlariga esa mehnat haqi yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan mezonlarga muvofiq belgilanadi.

Xulosa qilib aytganda, 502-modda tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan xodimlarga ularning kasb xususiyatlariga mos huquqiy himoya, imtiyozlar va kafolatlarni taqdim etadi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Bo‘riyev Umidjon