Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Boquvchining vafoti holatida ziyon o‘rnini qoplash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kimlar ekanligini bilasizmi?


Boquvchining vafoti holatida ziyon o‘rnini qoplash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kimlar ekanligini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 327-moddasi boquvchi bo‘lgan xodimning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan qoplash masalasini tartibga soladi. Bu norma mehnat faoliyati bilan bog‘liq halokatli holatlardan keyingi ijtimoiy himoya mexanizmlarini belgilaydi.

Agar xodim mehnat majburiyatlarini bajarish jarayonida mayib bo‘lib, kasb kasalligi tufayli yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning oqibati sifatida vafot etsa, ish beruvchi ziyonning o‘rnini qoplashga majbur bo‘ladi. Bu to‘lovlar quyidagi shaxslarga tegishli:

1.     Mehnatga qobiliyatsiz shaxslar – 18 yoshga to‘lmagan bolalar, nogironligi bo‘lganlar, pensiya yoshidagi erkaklar (60 yoshdan) va ayollar (55 yoshdan).

2.     Vafot etgan kunida ta’minotda bo‘lganlar, jumladan ota-onasi, farzandlari, turmush o‘rtog‘i yoki boshqa qarindoshlari.

3.     Vafotidan keyin tug‘ilgan farzandlar – ular ham to‘liq huquqqa ega hisoblanadi.

4.     Oila a’zolaridan biri – agar u ishlamasa va 14 yoshgacha bo‘lgan yoki parvarishga muhtoj shaxsni boqayotgan bo‘lsa.

Qonunga ko‘ra, bunday bolalarning ta’minotda bo‘lishi dalillar bilan isbotlanmasdan qabul qilinadi. Shuningdek, 18 yoshdan oshgan, biroq kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talaba 23 yoshgacha huquqdan foydalanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, mehnat munosabatlarida inson salomatligi va hayotining birinchi o‘rinda turishini ta’kidlaydi. Xodim halok bo‘lgan taqdirda, uning yaqinlari moddiy va ijtimoiy jihatdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Shu asosda aytish mumkinki, yuqorida ta’kidlangan Mehnat kodeksining 327-moddasi nafaqat ijtimoiy adolatni, balki ish beruvchining insoniylik va mas’uliyatini ham mustahkamlaydi. Shu orqali davlat mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy kafolat bilan ta’minlagan.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Kazimbayev Abdulaziz