Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xodimga hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi borligi haqida bilasizmi?


Xodimga hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi borligi haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 321-moddasi ish beruvchining xodim hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligini belgilovchi muhim huquqiy asos hisoblanadi. Ushbu norma mehnat faoliyati davomida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar uchun javobgarlikni aniqlashtirish va jabrlangan xodimning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Modda mazmunidan kelib chiqadiki, xodim mehnat faoliyati jarayonida mayib bo‘lsa yoki kasb kasalligi tufayli sog‘lig‘iga zarar yetsa, ushbu ziyonni ish beruvchi qoplashga majbur. Bu holat faqat ish joyining o‘zida emas, balki ish beruvchi topshirig‘i asosida bajarilayotgan xizmat safari, tashqi topshiriqlar yoki hatto ish joyiga borish va qaytish vaqtida sodir bo‘lgan hodisalarni ham qamrab oladi.

Shuningdek, modda muhim bir prinsipni o‘rnatadi: ish beruvchi ziyon uning aybi bilan bog‘liq emasligini isbotlab bermasa, u holda u kompensatsiyani to‘lashdan bo‘yin tola olmaydi. Ya’ni, majburiyat avtomatik tarzda yuzaga keladi. Bu esa xodimni ortiqcha huquqiy isbotlash yukidan xalos etadi.

Ayniqsa, yuqori xavf manbalari bilan bog‘liq mehnat faoliyatida (masalan, sanoat, qurilish, kimyo ishlab chiqarish) modda ish beruvchiga yanada kuchli javobgarlik yuklaydi. Bunday vaziyatda agar ziyonni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan kuchlar (masalan, zilzila, toshqin) sabab bo‘lmasa yoki jabrlanuvchi ataylab o‘ziga zarar yetkazmagan bo‘lsa, ish beruvchi ziyonning o‘rnini to‘liq qoplashga majbur bo‘ladi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, mehnat qonunchiligi, xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvor qadriyat ekanligini aks ettiradi. Ushbu norma orqali qonunchilik xodimni har qanday mehnat faoliyatida xavfsizlik kafolatlari bilan himoyalashni ko‘zlaydi. Bu esa ish beruvchidan nafaqat xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishni, balki zararli holatlar yuz berganda halol va mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Kazimbayev Abdulaziz