Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati borligi haqida bilasizmi?


Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati borligi haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 337-moddasi xodimning ish beruvchiga yetkazgan moddiy zarari uchun javobgarlik masalasini tartibga soladi. Ushbu norma xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarning muhim jihatini tashkil etadi va mas'uliyat hamda adolat tamoyillariga asoslanadi.

Mazkur modda birinchi navbatda xodimning faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zarar uchun javobgar bo‘lishini belgilaydi. Bu degani, ish beruvchining mol-mulki real tarzda kamaygan, buzilgan yoki yo‘qolgan bo‘lsa, xodim ushbu zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Bunda xodimdan olinmagan daromadlar, ya'ni boy berilgan foyda, undirilmaydi. Bu esa, xodimning faqatgina yetkazilgan moddiy yo‘qotishlar uchun javobgar bo‘lishini ta'minlaydi va ortiqcha moliyaviy bosimlarning oldini oladi.

“Haqqoniy zarar” tushunchasi modda doirasida aniq ta’riflangan. Bunga ish beruvchining mavjud mulkida yuz bergan real yo‘qotishlar, uchinchi shaxslarning mulkiga yetkazilgan zararlar (agar ular uchun ish beruvchi javobgar bo‘lsa), mulkni tiklash yoki sotib olish uchun ketgan ortiqcha xarajatlar kiradi. Bu normalar orqali xodimning noto‘g‘ri harakatlari natijasida kelib chiqadigan moliyaviy oqibatlar yengilamasdan, aniq chegaralarda aniqlanadi.

Amaliyotda, xodim tomonidan yetkazilgan zararlarni baholashda ish beruvchi tegishli dalillar (yo‘qolgan ashyolar ro‘yxati, moliyaviy hisobotlar va boshqalar) bilan zararning miqdorini asoslab berishi kerak. Bu esa, sud yoki mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, zararni xodimning aybi bilan bog‘lash muhim, chunki javobgarlik xodim harakati yoki e’tiborsizligi natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi lozim.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Kazimbayev Abdulaziz