Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi – amaliy ko‘nikma va bilimlarni mustahkamlovchi huquqiy asos


Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi – amaliy ko‘nikma va bilimlarni mustahkamlovchi huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 373-moddasida ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi tushunchasi mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, u zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida malakali xodimlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur modda asosida ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi ish beruvchi va o‘quvchi – bu amalda ishlayotgan shaxs yoki ish qidirayotgan shaxs – o‘rtasida tuziladi.

Ushbu shartnoma o‘quvchi tomonidan kasbiy bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish yoki qayta tayyorlanish uchun tuziladi. Bu jarayon mehnat shartnomasi asosida ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni, xodim o‘z ish joyini saqlagan holda yoki vaqtincha ishlab turmayotgan bo‘lsa-da, ta’lim olishda davom etishi mumkin.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining mazmunida quydagi asosiy shartlar o‘z ifodasini topadi:

  • Ta’lim yo‘nalishi va o‘qitiladigan kasb yoki mutaxassislik nomi;
  • O‘quv muddati va boshlanish/tugash sanalari;
  • Ish beruvchining majburiyatlari, masalan, o‘quvchi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ustoz yoki murabbiy tayinlash, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish imkonini berish;
  • O‘quvchining majburiyatlari, jumladan o‘quv jarayonida qatnashish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, belgilangan intizomga amal qilish;
  • Moliyaviy shartlar – agar mavjud bo‘lsa, stipendiya, ish haqi yoki boshqa rag‘batlantirish turlari;
  • O‘qishni tugatgandan so‘ng mehnat faoliyatini davom ettirishga oid kelishuvlar (agar belgilangan bo‘lsa).

Bu shartnoma ikki tomonlama majburiyatlarni o‘z ichiga oladi va ta’lim jarayonining qonuniy, aniq va tizimli tashkil etilishiga xizmat qiladi. Natijada o‘quvchi ham nazariy, ham amaliy jihatdan kasbga tayyorlanib, mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Bo‘riyev Umidjon