Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kechki va sirtqi ta’lim olayotgan xodimlarga beriladigan kafolatlar: bilimli xodim — kuchli iqtisodiyot poydevori


Kechki va sirtqi ta’lim olayotgan xodimlarga beriladigan kafolatlar: bilimli xodim — kuchli iqtisodiyot poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 385-moddasi kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlar huquqlarini kafolatlashga bag‘ishlangan. Ushbu norma ta’lim olayotgan xodimlarning mehnat faoliyatidan chetda qolmasdan bilim olishini, ayni vaqtda, ular o‘z ish joylarida munosib ravishda rag‘batlantirilishini nazarda tutadi.

Moddaga ko‘ra, oliy, o‘rta professional yoki o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan xodimlarga har yili o‘rtacha ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari beriladi. Bu ta’tillar laboratoriya va imtihon sessiyalarida ishtirok etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim shakli hamda kurs bosqichiga qarab farqlanadi. Masalan, birinchi va ikkinchi kursdagi sirtqi ta’lim shaklidagi talabalarga kamida 30 kun, uchinchi va undan yuqori bosqichdagilarga esa kamida 40 kun o‘quv ta’tili beriladi. Kechki ta’lim shaklidagi talabalarga esa bu muddat mos ravishda 20 va 30 kun etib belgilanadi.

Shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan muddatlardan ham ko‘proq o‘quv ta’tili berilishi mumkin. Bu xodimlar manfaatini yanada kengroq himoya qiladi. Bundan tashqari, xodim o‘quv ta’tilidan foydalangan bo‘lsa ham, u yillik mehnat ta’tiliga bo‘lgan huquqini to‘liq saqlab qoladi — bu ish va ta’lim muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ish beruvchi sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xodimga yiliga bir marta yo‘lkira xarajatining kamida 50 foizini, davlat attestatsiyasi davrida ham shuncha miqdorni to‘lashga majbur. Bu esa nafaqat moddiy, balki ijtimoiy yordamdir.

Mazkur kafolatlar bilimli va malakali ishchi kuchini shakllantirish, mamlakat taraqqiyoti uchun qulay imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Bo‘riyev Umidjon