Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ayollar mehnatini himoya qilish — ijtimoiy adolat va sog‘liq uchun kafolat


Ayollar mehnatini himoya qilish — ijtimoiy adolat va sog‘liq uchun kafolat

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 393-moddasi ayollar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni belgilaydi. Bu normalar ayollarni noqulay va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan mehnat sharoitlaridan himoya qilishga, ularning huquqlari va salomatligini ta’minlashga qaratilgan.

Moddaga ko‘ra, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga asoslangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tavsiyalarni inobatga olib, ayollar mehnatiga cheklov qo‘yiladigan ayrim kasblar yoki ish turlarini belgilashga haqli. Bu bilan ayollarning sog‘lig‘i xavf ostiga tushishi mumkin bo‘lgan og‘ir yoki zararli ishlab chiqarishlardan ularni himoya qilish ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, qonun ayollarga og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashish bo‘yicha qat’iy cheklovlar qo‘yadi. Xususan, ayollar uchun yo‘l qo‘yiladigan maksimal yuk og‘irligi me’yoridan ortiqcha yukni ko‘tarish yoki tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu maksimal yuklamalar tegishli vazirliklar hamda uch tomonlama komissiya tomonidan belgilab beriladi.

Bu me’yorlarning joriy etilishi bejiz emas. Ayollar organizmi, ayniqsa homiladorlik yoki farzand parvarishi davrida, og‘ir jismoniy yuklamalarga nisbatan zaif bo‘lishi mumkin. Bunday yuklamalar ayollar salomatligiga, kelajakdagi ona bo‘lish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.

Shu bois bu norma nafaqat tibbiy jihatdan, balki axloqiy va ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan ham dolzarbdir. Davlat ayollar mehnatini muhofaza qilish orqali ularni teng va xavfsiz mehnat muhitida faoliyat yuritishiga kafolat beradi. Ayniqsa, ayollar bandligi kengayib borayotgan bugungi kunda, bu choralarning ahamiyati yanada ortmoqda.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Bo‘riyev Umidjon