Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Homilador ayollarga mehnat sharoitida yengillik berish – sog‘liq va huquqni himoya qilish kafolati


Homilador ayollarga mehnat sharoitida yengillik berish – sog‘liq va huquqni himoya qilish kafolati

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida homilador ayollarning mehnat huquqlari alohida e’tibor ostida. Xususan, 394-modda homilador ayollarni sog‘lig‘i va farzandining xavfsizligi uchun yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillaridan xoli bo‘lgan ishlarga o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur modda asosida, agar ayol homiladorligi sababli avvalgi ishini davom ettirishga salomatligi to‘sqinlik qilsa, u holda tibbiy xulosa asosida ish beruvchi unga ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish normalari kamaytirilgan ishni taklif etishi shart. Bunda uning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. Agar mavjud ish joyida ishlab chiqarish sharoitlari xavfli omillarga ega bo‘lsa, ayolni noqulaylikdan holi boshqa ishga o‘tkazish ham majburiy hisoblanadi.

Yana bir muhim jihat shuki, agar homilador ayolga mos yengilroq ishni darhol topib bo‘lmasa, ish beruvchi unga tibbiy ko‘rsatmaga binoan vaqtincha ishdan ozod etishga majbur. Bu davrda ayolning barcha ish kunlari uchun o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Bu norma homiladorlik davrida ayollarni moddiy jihatdan ham, tibbiy jihatdan ham muhofaza qilishni nazarda tutadi.

Bunday huquqiy mexanizmlar orqali ayollar mehnati va onalik institutining ijtimoiy ahamiyati e’tirof etiladi. Homiladorlik – ayolning nafaqat shaxsiy, balki jamiyat oldidagi muhim ijtimoiy vazifasidir. Shuning uchun ularning mehnat jarayonida salomatligiga xavf tug‘iladigan shart-sharoitlarni bartaraf etish davlat kafolatiga aylangan.

Shunday qilib, 394-modda ayollarning homiladorlik holatida hech qanday noqulayliksiz ishlashini, moddiy barqarorligini va mehnatga doir huquqlarining to‘liq ta’minlanishini kafolatlaydi. Bu esa gender tengligi va ijtimoiy adolat tamoyillariga xizmat qiladi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti: Bo‘riyev Umidjon