Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Uch yoshgacha bo‘lgan bolali xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti tartibi haqida bialsizmi?


Uch yoshgacha bo‘lgan bolali xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti tartibi haqida bialsizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasi uch yoshga to‘lmagan bolali xodimlarning mehnat sharoitlarini yengillashtirish, ularni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan me’yoriy asoslarni belgilaydi. Bu norma ota-onalarning farzand tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini yaratish bilan birga, ularning ish faoliyatini davom ettirish huquqini ham ta’minlaydi.

Mazkur modda asosida, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlayotgan uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biri yoki vasiysiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi. Bu holat xodimning ijtimoiy holatini hisobga olgan holda, bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun yetarli vaqt ajratish imkonini beradi.

Shuningdek, modda qisqartirilgan ish vaqtida ham xodimlarning mehnatiga haq to‘lash miqdori o‘zgarmasligini, ya’ni ular to‘liq ish kuni bilan ishlaydigan xodimlarga belgilangan stavkada ish haqi olishlari kafolatlanishini belgilaydi. Bu yondashuv orqali qonunchilik ota-onalarning iqtisodiy holatini yomonlashtirmaslikni ko‘zda tutgan.

Biroq budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlarda ishlayotgan ota-onalar yoki vasiysilar uchun qisqartirilgan ish vaqti qonun bilan bevosita belgilanmaydi. U holda ushbu imkoniyat jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan ichki hujjatlari orqali tartibga solinadi.

Ushbu modda orqali Mehnat kodeksi bolali xodimlarga g‘amxo‘rlik bilan yondashgan holda, ularning oilaviy mas’uliyatlarini bajarish huquqini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi. Ish va oilaviy hayot muvozanatini saqlashda bu muhim qonuniy mexanizm hisoblanadi.

Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

rahbari: Ro‘ziyeva Sharofatxon