Янгиликлар
Nogiron farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarga har oy qo‘shimcha bir kun dam olish huquqi mavjudligi haqida bilasizmi?
Nogiron farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarga har oy qo‘shimcha bir kun dam olish huquqi mavjudligi haqida bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 399-moddasiga ko‘ra, o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron farzandni parvarishlayotgan ota-onadan biri yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga har oyda qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi. Bu dam olish kuni nafaqat oilaviy g‘amxo‘rlik vazifalarini bajarishga ko‘maklashadi, balki ota-onalarga farzand salomatligiga e’tibor qaratish uchun qo‘shimcha vaqt ajratadi.
Eng muhim jihati — ushbu dam olish kuni uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanishi bo‘lib, bu to‘lov davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shu tariqa davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar tarbiyasini zimmasiga olgan oilalarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatilib, ularning mehnat huquqlari va oilaviy ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga xizmat qilinadi.
Yangiyo‘l shahar Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
rahbari: Ro‘ziyeva Sharofatxon