Янгиликлар
Dori aylanmasiga raqamli nazorat joriy etiladi. Oʼzbekistonda majburiy raqamli markirovkalash tizimiga oid Prezident qarori qabul qilindi.
Dori aylanmasiga raqamli nazorat joriy etiladi. Oʼzbekistonda majburiy raqamli markirovkalash tizimiga oid Prezident qarori qabul qilindi.
Markirovka nega kerak? Raqamli markirovka – mahsulotning “shahodatnomasi”. Unga qarab tovar qaerdan kelgani, kim ishlab chiqargani, qanday tarzda sotilayotgani toʼgʼrisida toʼliq maʼlumot olish mumkin. Bu orqali:
– qalbaki va kontrafakt mahsulotlar bozordan chiqib ketadi;
– isteʼmolchi faqat haqiqiy va sifatli mahsulotni sotib oladi;
– tadbirkor qonun doirasida ishlayotganini tasdiqlaydi va oʼz biznesini himoya qiladi.
Tadbirkorlar uchun qanday yengilliklar joriy etildi?
Qaror birinchi navbatda tadbirkorlar uchun yengilliklar yaratishni koʼzda tutadi. Jumladan:
– markirovka kodini mahsulotga qoʼllash uchun avval belgilangan 90 kunlik muddat bekor qilindi;
– kod uchun toʼlov endilikda uni qoʼllagan paytda amalga oshiriladi;
– agregatsiya kodlari bepul beriladi, natijada tadbirkor xarajatlari qisqaradi;
– kunu tun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyat boshlab, tadbirkorlarni qiynayotgan savollarga tezkor javob beradi.
Dorilarning noqonuniy aylanmasi cheklanadi
Tibbiyot sohasi inson hayoti bilan bevosita bogʼliq. Shuning uchun ham undagi har bir qadam, ayniqsa dori vositalarining aylanmasi shaffof, toʼliq nazoratda va ishonchli boʼlishi kerak. 2025 yil 1 iyuldan joriy etiladigan yangi tartib aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Endilikda Oʼzbekiston hududiga olib kirilayotgan dori vositalari import qiluvchi tashkilotlar tomonidan faqat elektron hisobvaraq-faktura asosida tarqatiladi.
Ular mahsulotni toʼgʼridan-toʼgʼri yoki oʼzining rasmiy dilerlari orqali, ulgurji va chakana savdo bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlarga yetkazadi. Bu orqali har bir qadamda “raqamli iz” qoladi, maxfiy kelishuvlar yopiq eshiklar ortida emas, tizim orqali yuz beradi.
Yana bir muhim yangilik raqamli markirovkalangan mahsulotlar ulgurji tarzda faqat naqd pulsiz shaklda sotiladi. Bu esa yashirin iqtisodiyotga yoʼl qoldirmaydi.
Toshkent tumani YXKM
bosh yuriskonsulti:
M.Kurbanov