Янгиликлар
Sportchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ularga xos boʼlgan bir nechta muhim shartlar koʼrsatilishi lozim.
Sportchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ularga xos boʼlgan bir nechta muhim shartlar koʼrsatilishi lozim.
Mehnat qonunchiligiga asosan, xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ish joyi, mehnat vazifasi, mehnatga haq toʼlash shartlari, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi hamda shu kabi shartlar koʼrsatib oʼtilishi lozim. Biroq, ish beruvchilar spotchilar bilan mehnat shartnomalari tuzayotganda, unda quyidagi muhim shartlarni ham kiritishlari lozim:
ish beruvchining mashq tadbirlari oʼtkazilishini va sportchining sport musobaqalarida ishtirok etishini taʼminlash majburiyati toʼgʼrisida;
sportchining ish beruvchi tomonidan belgilangan sport rejimiga rioya etish va sport musobaqalariga tayyorgarlik koʼrish rejalarini bajarish majburiyati toʼgʼrisida;
sportchining sport musobaqalarida faqat ish beruvchining koʼrsatmasi boʼyicha ishtirok etish majburiyati toʼgʼrisida;
sportchining xalqaro dopingga qarshi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga rioya etish, doping nazoratidan oʼtish majburiyati toʼgʼrisida;
ish beruvchining sportchining hayoti va sogʼligʼi sugʼurta qilinishini, shuningdek sportchining qoʼshimcha tibbiy va boshqa xizmatlarni olish maqsadida tibbiy sugʼurta qilinishini taʼminlashga doir majburiyati toʼgʼrisida.
Ish beruvchi sportchilarni tibbiy koʼrikdan oʼtkazishni tashkil etishi hamda moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlashi shart.
Sportchilar mehnat shartnomasini tuzish chogʼida dastlabki majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtishi shart. Shuningdek, mehnat shartnomasining amal qilishi davrida sportchilar topshirilgan ishni bajarish uchun yaroqliligini aniqlash hamda kasb kasalliklarining va sport jarohatlanishlarining oldini olish maqsadida davriy majburiy tibbiy koʼriklardan oʼtadi. Majburiy tibbiy koʼriklarning oʼtkazilishi ish beruvchi hisobidan amalga oshirilishi shart.
Bundan tashqari, ish beruvchi oʼz mablagʼlari hisobidan sportchilarni sport kiyim-boshlari, sport anjomlari va ashyolari, ular mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʼlgan boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlashi, shuningdek mazkur kiyim-boshlar, asbob-uskunalar, anjomlar, ashyolar va vositalarni foydalanishga yaroqli holatda saqlashi lozim.
Toshkent tumani YXKM
bosh yuriskonsulti:
K.Shadiyev