Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Sudlanganlik holatining tugallanishi


Sudlanganlik holatining tugallanishi

Jinoyat kodeksining 77-moddasiga asosan sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Sudlanganlik muddatining oʼtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʼladi.

Jinoyat kodeksining 78-moddasiga asosan shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;

b) majburiy jamoat ishlari, xizmat boʼyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʼnatish tarzidagi jazolarini oʼtab chiqqach;

v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʼtalganidan keyin bir yil oʼtgach;

g) ozodlikni cheklash jazosi oʼtalganidan keyin — ikki yil oʼtgach;

d) besh yildan koʼp boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʼtalganidan keyin — toʼrt yil oʼtgach;

e) besh yildan ortiq, lekin oʼn yildan koʼp boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʼtalganidan keyin — yetti yil oʼtgach;

j) oʼn yildan ortiq, lekin oʼn besh yildan koʼp boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʼtalganidan keyin — oʼn yil oʼtgach.

Jinoyat kodeksining 79-moddasi (sudlanganlikning olib tashlanishi) 3-qismiga koʼra, oʼn besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʼtab chiqqan shaxslar hamda oʼta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni oʼtab chiqqanidan keyin oʼn besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.

Yaʼni, shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʼtab boʼlib, ozodlikka chiqqanidan soʼng 15 yil mobaynida boshqa yangi jinoyat sodir qilmasa, sudlanganlik holati sud tomonidan olib tashlanadi (bu oʼn besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʼtab chiqqan shaxslar uchun)

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                                        

O.Saidmurodov