Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mehnat intizomi va uning qoʼllanilish tartibi qanday?


Mehnat intizomi va uning qoʼllanilish tartibi qanday?

Mehnat kodeksining 295-moddasiga koʼra, mehnat intizomi barcha xodimlarning mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy boʼysunishidir.

Ish beruvchi mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarning mehnat intizomiga rioya yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.

Mehnat intizomi normal ish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish, halol mehnati uchun ragʼbatlantirish va mukofotlash usullari, mehnat (lavozim) majburiyatlarini buzgan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qoʼllash orqali taʼminlanadi.

Demak, mehnat intizomi taʼminlashning quyidagi 3 ta usuli mavjud:

1. Normal ish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish.

2. Halol mehnat uchun ragʼbatlantirish va mukofotlash.

3. Mehnat (lavozim) majburiyatlarini buzgan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qoʼllash.

Normal ish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratib berish mehnat intizomini taʼminlashning asosiy sharti boʼlib hisoblanadi. Ish beruvchi xodimlarni mehnat majburiyatlarini amalga oshirish imkonini beradigan asbob-uskunalar, texnik vositalar, hujjatlar bilan taʼminlashi, mehnat muhofazasi va gigienasi, mehnat xavfsizligi bilan taʼminlashi, xodimlarga ish haqini oʼz vaqtida va toʼla hajmda toʼlash ishlash uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishga kiradi. Mehnat intizomining holati ish beruvchi tomonidan aynan ushbu majburiyatlarni bajarilishiga bogʼliqdir. Normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish keyinchalik xodimlarni ragʼbatlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʼllash imkonini beradi. Intizomiy jazo choralari sifatida, hayfsan, jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish kabi jazolar qoʼllanilishi mumkin.

Toshkent tumani YXKM

boshlig‘i:                                                                                            

S.Raxmatov