Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Suv xoʼjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar ragʼbatlantiriladi


Suv xoʼjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar ragʼbatlantiriladi

Hukumat qarori (352-son, 07.06.2025 y.) bilan “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʼjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʼrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʼbatlantirish tartibi haqida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soatda Suv xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʼjaligi obʼektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasiga (Inspektsiya) "v-nadzor.gov .uz" veb-sayti orqali yuboradi.

Foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

sodir etilgan huquqbuzarlik;

huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʼgʼrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʼlsa);

huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, aniqlangan sana va vaqt.

Qoida tariqasida, foto va videomateriallarning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi lozim.

Foto va videomateriallar 10 kun muddatda Inspektsiyaning masʼul xodimi tomonidan koʼrib chiqiladi.

Huquqbuzarlik 1-marotaba sodir etilgan boʼlsa, huquqbuzarga suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi (qoidalari) takroran buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.

Maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanganidan keyin 1 yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solishga sabab boʼladi.

Foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 25 foizi miqdorida pul mukofoti bilan ragʼbatlantiriladi.

Ragʼbatlantirish jarima undirilgan kundan boshlab 15 kun muddatda amalga oshiriladi.

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                                

M.Kurbanov