Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Isteʼmolchilarga realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlar haqida qanday maʼlumotlar koʼrsatilishi lozim?


Isteʼmolchilarga realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlar haqida qanday maʼlumotlar koʼrsatilishi lozim?

Tovar (ish, xizmat) haqidagi maʼlumotda quyidagilar koʼrsatilishi shart:

1) tovarning (ishning, xizmatning) nomi;

2) tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʼlgan normativ hujjatning nomi;

3) tovar (ish, xizmat)ning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan, oʼziga xos xususiyatlari roʼyxati;

4) narxi (tarifi) va sotib olish shartlari;

5) normativ-huquqiy hujjatlarga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarish sanasi koʼrsatilishi kerak boʼlgan tovarning ishlab chiqarilgan sanasi;

6) ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;

7) tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;

8) tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin isteʼmolchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin boʼlgan oqibatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;

9) ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) toʼliq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);

10) tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;

11) ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, taʼmirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat koʼrsatadigan korxonalarning manzillari;

12) tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.

Isteʼmolchilar uchun taklif etilayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlar toʼgʼrisidagi maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida taqdim etilishi shart. Mazkur maʼlumot qoʼshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                               

 K.Shadiyev