Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Davlat ijrochilari ijro yigʼimi hisobidan moddiy ragʼbatlantiriladi


Davlat ijrochilari ijro yigʼimi hisobidan moddiy ragʼbatlantiriladi

“Davlat ijrochilarini ijro yigʼimi hisobidan moddiy ragʼbatlantirish tartibi toʼgʼrisida”gi nizom Аdliya vazirligida davlat roʼyxatidan oʼtkazildi (roʼyxat raqami: 3624, 19.05.2025 y.).

Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʼlgan xodimlarini ijro yigʼimi hisobidan moddiy ragʼbatlantirish tartibini belgilaydi.

Davlat ijrochilariga beriladigan moddiy ragʼbatlantirish miqdorlari Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali avtomatik tarzda har oy yakuni boʼyicha hisoblab boriladi.

Moddiy ragʼbatlantirish toʼlovlari davlat ijrochilarining ish yurituvida boʼlgan tamomlangan ijro ishlaridan oy davomida toʼlov tizimlari orqali undirilgan ijro yigʼimining bir qismini ajratish orqali amalga oshiriladi.

Moddiy ragʼbatlantirish har oy yakuni boʼyicha Byuro direktori va hududiy boshqarma boshligʼining buyrugʼiga asosan keyingi oyning 10 sanasiga qadar amalga oshiriladi.

Moddiy ragʼbatlantirish uchun xarajatlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʼarmasiga kelib tushgan ijro yigʼimi mablagʼlarining 10 foizi miqdoridagi ajratma hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                                       

 O.Saidmurodov