Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mehnat taʼtilida boʼlgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning muhim jihatlari


Mehnat taʼtilida boʼlgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning muhim jihatlari

Mehnat taʼtilida boʼlgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishiga koʼpchilik holatlarda yoʼl qoʼyilmaydi. Jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 163-moddasiga muvofiq, mazkur Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar boʼyicha, shu Kodeksning mehnat va mashgʼulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan, xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda, xodim xizmat safarida boʼlgan davrda va xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʼlgan davrlarda mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Bunda istisno holat mavjud yaʼni Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish uchun ushbu modda qismida nazarda tutilgan cheklovlar tashkilot (uning alohida boʼlinmasi) oʼz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganda qoʼllanilmaydi.

Qisqa qilib tushuntirganda tashkilot butunlay tugatilsa, yoki yakka tartibdagi tadbirkor oʼz faoliyatini yakunlagan boʼlsa, bu hollarda ish beruvchi xodim taʼtilda boʼlsa ham mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Bundan tashqari, xodim muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlaydi. Uning mehnat shartnomasi yakuniga yetadigan vaqtda xodim mehnat taʼtilida boʼlgan taqdirda bunday hollarda Mehnat kodeksining 158-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Аytmoqchimizki bunday tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish qonunchilikka zid emas.

Mehnat kodeksining 164-moddasiga koʼra, Аgar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʼmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʼlsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Toshkent tumani YXKM

boshlig‘i:                                                                                           

S.Raxmatov