Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Nikoh shartnomasining mazmuni


Nikoh shartnomasining mazmuni

shartlaridir. Nikoh shartnomasining shartlarida tomonlarning nikoh va uning bekor boʼlishida er va xotinning mulkiy munosabatlarining muhim jihatlari boʼyicha qarori qayd etiladi. Mohiyatiga koʼra, nikoh shartnomasi – bu mulkiy munosabatlar sohasida er-xotinning shartnomaga kirishganidan keyingi xulq-atvorining irodali modelidir.

 

Nikoh shartnomasining mazmunini quyidagi holatlar tashkil etishi mumkin:

 

– er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkining qonunda belgilangan tartibini oʼzgartirish;

 

– er va xotinning barcha mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʼrnatish;

 

– er va xotin mol-mulkining ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʼrnatish;

 

– er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʼrnatish.

Toshkent tumani YXKM

bosh yuriskonsulti:                                                               

 M.Kurbanov